Jamiyat | 11:23 / 15.07.2019
7996
1 daqiqa o‘qiladi

Qorako‘l terilarini noqonuniy olib chiqishga urinishning oldi olindi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxona xodimlari mamlakatimizdan qorako‘l terilari noqonuniy olib chiqilishining oldini olishdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Saratov” yo‘lovchi poyezdining vagon-restorani belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natija ushbu vagonga yashirib qo‘yilgan, qiymati salkam 11 million so‘mlik 36 dona qorako‘l terilari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid