Tramp maslahatchisi Bolton AQSh O‘zbekistondagi islohotlarni qutlashini aytdi
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton 17 iyulda Vashingtonda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi va AQSh O‘zbekistondagi islohotlarni qutlashini aytdi.
“Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan ajoyib uchrashuv bo‘ldi. Biz umumiy manfaatlarning keng doirasini va sherikchiligimizni rivojlantirishning eng yaxshi yo‘llarini muhokama qildik. Biz O‘zbekistondagi islohotlar va ularning butun Markaziy Osiyoga ijobiy ta'sirini qutlaymiz va AQSh-O‘zbekiston hamkorligining yanada chuqurlashuviga umid qilamiz”, deb yozgan Bolton tvitterda.
Excellent meeting today with Uzbekistan’s FM Kamilov. We discussed a wide range of common interess and how to best advance our partnership. We applaud Uzbek reforms and their positive impact on all of Central Asia and look forward to deepening US-Uzbek cooperation. pic.twitter.com/vGDo33Nylj
— John Bolton (@AmbJohnBolton) July 17, 2019
AQSh vakili, shuningdek, Komilov bilan birga tushgan suratini ilova qilgan.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024