Light | 20:10 / 21.07.2019
51354
1 daqiqa o‘qiladi

Tiniqib uxlashning oddiy usuli ma'lum qilindi

Foto: freepik

Texas universiteti olimlari iliq vanna qabul qilinsa tezroq uyquga ketish va uyquning sifatini yaxshilash mumkinligini aniqlashdi. Bu haqda Medicalxpress saytida ma'lum qilingan.

Mutaxassislar uyquni yaxshilashga bag‘ishlangan 5322 ta tadqiqot ma'lumotlarini o‘rganib chiqishgan. Ularning aytishicha, aksariyat ishlar uyqudan oldin iliq vanna qabul qilish uyquga ketishni o‘rtacha 10 daqiqaga tezlashtirishini isbotlagan. Bunda suvning optimal harorati Tselsiy bo‘yicha 40-43 daraja hisoblanadi. 

Mutaxassislar vannani uyqudan 90 daqiqa oldin qabul qilishni tavsiya qilishmoqda. Ularning ta'kidlashicha, bunda eng yaxshi samaraga erishiladi – issiq suv nafaqat uxlashni tezlashtiradi, balki uyqu sifatini oshiradi.

Mavzuga oid