Video: Namangandagi «Chorsu» bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
21 iyulga o‘tar kechasi Namangan shahri markazidagi «Chorsu» bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi.
«Namangan shahrida shu yil 21 iyul kuni soat 01:38larda Uychi ko‘chasida joylashgan «Chorsu» dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida dehqon bozorida yonma-yon joylashgan dorixona, sartaroshxona va parfyumeriya mahsulotlari savdo do‘konlarining 200 kv.m. maydoni hamda non rastasining 600 kv.m. maydoni yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.
Yong‘in elektr simlarini qisqa tutashuvidan kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.
Namangan viloyati yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mutasaddilariga ko‘ra, bozorning non rastasi alanga olgan. Rastaning shift hamda tom qismidan 600 kvadrat metr joyi va jihozlar, bozor hududiga tutash «Zulayho sanoat savdo» MChJga qarashli dorixona va uchta savdo do‘konining shift, tom qismidan 200 kvadrat metr joyi jihozlari bilan, jami 800 kvadrat metr maydon yongan.
Ushbu do‘konlar atrofida bo‘lgan «Moskvich-412» rusumli avtomobil ham yonib ketgan.
Yong‘in tungi soat 02:00 atrofida qurshab olingan va 45 daqiqada o‘chirilgan. Bo‘linmalar tomonidan 1600 kvadrat metr maydon ofatdan saqlab qolingan. Yong‘inni bartaraf etishda 12 ta ekipaj ishtirok etgan.
Internetda yong‘in videolari va uning oqibatlari aks etgan suratlar tarqalgan.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
21:23 / 21.12.2024