Iqtisodiyot | 19:00 / 24.07.2019
20213
1 daqiqa o‘qiladi

Boysun tumanida yangi gaz koni ochildi

24 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" (M25) konida yangi gaz koni ochildi.

Ushbu obekt M25 konida burg‘ulash ishlari natijasida aniqlandi. Gazning o‘rtacha kunlik oqimi 300 ming kubometrni tashkil etadi. Olingan tabiiy gazning sanoat oqimi bu yerning gazga to‘yinganligidan dalolat beradi.

Burg‘ulash va quduqlarni qurish ishlari Markaziy Osiyo, Rossiya va Yaqin Sharqda loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega «ERIELL» kompaniyasi ishtirokida «SURHAN GAS CHEMICAL OPERATING COMPANY» kompaniyasi tomonidan mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim doirasida amalga oshirildi.

Mavzuga oid