Navalniy kuchli allergiya sabab shifoxonaga yotqizildi
28 iyul kuni Rossiyaning taniqli muxolifatchisi, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi Aleksey Navalniy shifoxonaga yotqizildi, deb xabar qilmoqda Meduza.
Hozirda, muxolifatchi №64 sonli shifoxonaning terapiya bo‘limida davolanmoqda. Shifokorlar uning olib kelinishi sabablariga oydinlik kiritishni rad etishgan, KQF matbuot kotibi Kira Yarmish Navalniyda «kuchli allergiya» ekanini ma'lum qilgan.
«Bugun ertalab (9-30) Aleksey Navalniy o‘tkir allergik reaksiya tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yuzi kuchli shishgan va teri qoplamalari qizargan. Allergiya reaksiyasi manbasi aniqlanmagan», - deb yozgan Yarmish Twitter sahifasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Navalniyda ilgari allergiya kuzatilmagan.
Navalniyning safdoshi Aleksey Volkov esa, ayni hibsxonada xuddi shunday alomatlarni boshidan kechirgani haqida ma'lum qilgan.
«Aleksey maxsus birinchi qabulxonaning birinchi kamerasida. Unda men iyun oyida 28 sutka o‘tirganman. Chiqishim bilan shishib, qizil toshmalar toshdi. Bir hafta allergiyaga qarshi dorilar ichib yurdim. Ammo, Alekseyda ham shunday alomatlar bor ekan, demak, u qandaydir g‘alati allergiya», - degan u Twitter sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, sud 24 iyulda Navalniyni 30 sutkaga hibsga olgan edi. U miting o‘tkazish qoidalarini takroran buzganlikda aybdor deb topilgan.
Mavzuga oid
18:14 / 23.11.2024
Iqlim o‘zgarishi changga allergiyasi bor odamlar sonini oshirmoqda
18:52 / 05.08.2024
Shifokor alomatlarsiz isitma haqida ma’lumot berdi
14:11 / 24.11.2023
Allergik kasalliklar ko‘rsatkichlari yuqori hududlarda ommaviy skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi
20:12 / 23.09.2023