Kashmirda otishma natijasida hindistonlik va pokistonlik harbiylar halok bo‘ldi
Kashmir bahsli hududida sodir bo‘lgan otishma natijasida Pokiston armiyasining ikki nafar harbiy xizmatchisi va bir hind askari halok bo‘ldi. Bu haqda ANI agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Pokiston armiyasi Sunderbani, Tangdxar va Keran sektorlarida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishi oqibatida bir nafar hind harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan.
Hindiston armiyasi javob o‘qini uzgan va Pokiston armiyasining ikki nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan.
Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida shtatning mustaqil bo‘lishi yoki Pokistonga qo‘shilishini istaydigan ayirmachilar faol harakat qilishadi. Shu bilan birga, Kashmirda Hindiston va Pokiston o‘rtasida rasmiy chegara yo‘q – ikki davlat armiyalarini nazorat chizig‘i ajratib turadi.
Mavzuga oid
17:50 / 19.12.2024
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi
16:47 / 17.12.2024
AQSh maktabidagi otishmada o‘qituvchi va o‘quvchilar halok bo‘ldi
10:32 / 17.12.2024
Viskonsindagi maktabda yuz bergan otishmada uch kishi halok bo‘ldi
23:52 / 26.11.2024