O‘zbekiston | 13:13 / 30.07.2019
141963
2 daqiqa o‘qiladi

Otabek Murodov DXX sobiq rahbari jinoiy ishi doirasida tergov qilinmoqda

Otabek Murodov va Ixtiyor Abdullayev

Sobiq bosh prokuror Otabek Murodov DXXning sobiq rahbari Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergov qilinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov  ma'lum qildi.

«Uning harakatlari, ayni vaqtda Abdullayevga nisbatan ochilgan jinoiy ish doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Qolgan qismi tergov siri bo‘lgani bois, izoh bera olmayman. Bizda rasmiy ma'lumot bo‘lishi bilan xabar qilamiz», - dedi u. 

Eslatib o‘tamiz, 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining 20-majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev, sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilganini ma'lum qilgan edi. 

Murodov 2018 yil yanvarida o‘sha vaqtdagi bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev Davlat Xavfsizlik xizmatiga rais sifatida tayinlanganidan so‘ng, uning o‘rniga tayinlangan edi. Bungacha, u davlat rahbarining maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va uning o‘rinbosari Jahongir Egamovga nisbatan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda. 

Mavzuga oid