Jahon | 14:44 / 31.07.2019
23002
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy atrofi balandligi to‘rt metrli to‘siq bilan o‘ralmoqda

Foto: Vladislav Pavlov/TASS

AQSh prezidenti Donald Tramp nafaqat Amerika-Meksika chegarasida, balki Oq uy atrofida ham devor qurishni boshladi.  

Milliy park xizmati saytida taqdim etilgan rejaga ko‘ra, hozirda balandligi 2 metr bo‘lgan to‘siq o‘rnini undan ikki baravar baland to‘siq egallaydi. Balandligi 13 fut (4 metrga yaqin) bo‘lgan to‘siq zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi.  

AQSh maxfiy xizmati Oq uy atrofida yangi to‘siq barpo etish uchun ruxsatni 2017 yilda tegishli federal rahbariyatdan olgandi. AQSh prezidenti qarorgohi atrofini balandroq qilib o‘rash g‘oyasi ichkariga bir necha marta ruxsatsiz kirish bilan bog‘liq voqealardan so‘ng paydo bo‘lgandi.

Qurilish ishlari 2021 yilgacha davom etadi. 

Mavzuga oid