O‘zbekiston | 10:40 / 31.07.2019
44518
1 daqiqa o‘qiladi

Rishton tumani hokimi o‘zgardi

Farg‘ona viloyati Rishton tumani hokimligida navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Sessiya ishida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi faollar ishtirokida tanqidiy-tahliliy muhokama qilingan va tashkiliy masala ko‘rilgan.

2018 yil fevral oyidan buyon tuman hokimi bo‘lib ishlab kelgan Tavakkaljon Rahimov o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sufhonjon Soliyev Rishton tumani hokimi etib tayinlandi.

Bundan oldinroq, Rishtonda hashar tashkillashtirilib, hokimlik barcha tumanlardan minglab ishchi-xizmatchilarni jalb qilgani, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi  majburiy mehnatni to‘xtatishni talab etgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid