Jahon | 19:58 / 11.08.2019
24278
2 daqiqa o‘qiladi

Al-Qudsda musulmonlar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi

Foto: Reuters

11 avgust Al-Qudsdagi Ibodatxona tepaligida Qurbon hayit bayrami namozini ado etgani yig‘ilganlar va politsiya kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, politsiyachilar muqaddas qadamjoga kirish joyida musulmon aholi va yahudiylar bilan nizo chiqqach vaziyatga aralishishlariga to‘g‘ri kelgan. Odamlarni tarqatish uchun shovqin-yorug‘lik granatalari qo‘llangan.

Tartibsizliklar oqibatida ham musulmonlar, ham yahudiylar orasida jabrlanganlar bo‘lgan.

Isroil nashrining ta'kidlashicha, islom bayramlari kunlari Ibodatxona tepaligi odatda musulmon bo‘lmaganlarga tashrif uchun yopiq bo‘ladi. Biroq joriy yilda Iyd al-Adha bayrami va yahudiy xalqining milliy motam kuni – To‘qqizinchi ava nishonlanishi bir-biriga to‘g‘ri kelib qolgan. 

Natijada ba'zi yahudiy tashkilotlar hukumatdan ularga tepalikka kirishni ta'minlash iltimosi bilan murojaat qilgan. Biroq politsiya xavfsizlik nuqtai nazaridan yahudiylarga Qurbon hayitni nishonlagani 80 ming musulmon yig‘ilgan ushbu qadamjoga kirishni taqiqlagan.

Bu orada falastinliklar orasida isroilliklar tepalikdagi Al-Aqso masjidini shturm bilan egallab olmoqchiliklari haqida gap yurgan. Shu sababli tepalikka yig‘ilgan musulmonlar tarqalmaslik va yahudiylarga uning hududiga kirishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirilgan. So‘ngra ikki tomon o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanib ketgan.

Mavzuga oid