O‘zbekiston | 19:19 / 14.08.2019
6666
2 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa vazirligida harbiy mobil innovatsion tibbiy markaz ochildi

Foto : Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Bugun, 14 avgust kuni Mudofaa vazirligida harbiy mobil innovatsion tibbiy markazning taqdimotiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Unda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Davlat xavfsizlik xizmati mas'ul vakillari ishtirok etdi.

Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va jahon talablariga to‘liq javob beruvchi mazkur harbiy mobil innovatsion markazning afzalligi shundaki, unda bir vaqtning o‘zida ikki nafar og‘ir ahvoldagi bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatish, yana bir nafar bemorda jarrohlik amaliyoti o‘tkazish imkoniyati mavjud va u har qanday iqlim sharoitida ishlashga mo‘ljallangan.

 Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

– Ushbu markazda barcha murakkab jarrohlik amaliyotlari, jumladan, konikotamiya, traxeostamiya, laprosintez, tarakosintez, yurak jarohatlanganda jarohat olgan qon tomirlarini tikish yoki vaqtincha shunt qo‘yish bajariladi, – deydi mudofaa vazirligi tibbiy ta'minot boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Abdug‘ani Yuldashev. 

Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Mobil markazda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilayotganida jarohatga infeksiya tushishining oldini olish maqsadida maxsus to‘siq va ichkaridagi havoni tashqariga chiqaruvchi havo filtri o‘rnatilgan. Shuningdek, bu yerda jarrohlik lampasi ustiga kamera joylashtirilgan bo‘lib, bu orqali joylardagi harbiy gospitallarning tajribali mutaxassislari jarayonni bevosita onlayn tarzda kuzatishlari, zarur holda o‘z tavsiya va maslahatlarini berishlari mumkin.

Mavzuga oid