Sport | 13:40 / 19.08.2019
7900
2 daqiqa o‘qiladi

Koutino rasman «Bavariya» a'zosiga aylandi

«Bavariya» «Barselona»dan yarimhimoyachi Felippe Koutinoni ijaraga oldi.

27 yoshli braziliyalik yakshanba kuni muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.

Ijara shartnomasi 1 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Myunxen klubi to‘la transfer huquqiga egaligi belgilangan.

Kelishuvning moliyaviy shartlari ma'lum qilinmayapti.

Avvalroq «Bavariya» «Barsa»ga 8,5 mln yevro to‘lashi, Filippening bir yillik maoshi – taxminan 12 mln yevro ham nemislar zimmasida bo‘lishi ma'lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar Koutinoni 2018 yil yanvarida «Liverpul»dan 120 mln yevroga sotib olgan, xarid bitimida yana 40 million yevro bonus shaklida to‘lanishi mumkinligi belgilangan edi.

Xavbek «ko‘k-anorranglilar» tarkibida jami 76ta o‘yin o‘tkazib, 21ta gol va 11ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

Mavzuga oid