Jahon | 15:46 / 20.08.2019
4739
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston hukumati Kashmirdagi tartibsizliklarda 30ga yaqin kishini hibsga oldi

Foto: AP

Hindiston hukumati Jammu va Kashmir shtatida politsiya xodimlari bilan to‘qnashuvlardan so‘ng 30ga yaqin kishini hibsga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, shtatning yozgi poytaxti Srinagarda tartibsizliklar qatnashchilari politsiya xodimlarini toshbo‘ron qilishgan.  

Avvalroq Agence France-Presse agentligi shtatning maqomi o‘zgarganidan buyon Jammu va Kashmirda kamida 4 ming kishi hibsga olinganini xabar qilgandi. Agentlikning yozishicha, ular jamoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun asosida hibsga olingan. Bu qonun hibsga olingan kishini ikki yilgacha sudsiz qamoqda saqlash imkonini beradi.

Jammu va Kashmirdagi tartibsizliklar 5 avgustda Nyu-Dehli bu hududda Jammu va Kashmir hamda Ladakx ittifoqdosh hududlarini tashkil etishga qaror qilganidan beri davom etmoqda. Ilgari shtat maxsus maqomga ega bo‘lib, qator imtiyozlarga ega edi.

Mavzuga oid