«Inomarka»lar importi 200 mln dollarga yetdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 205,7 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan.
Spot’ning yozishicha, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish asta-sekin tiklanmoqda. Masalan, yil boshida chet el avtomobillarini import qilish hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 baravar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, bahor boshida - 2,2 baravar, yoz boshida u 67 foizgacha tushdi, hozir esa 72 foizga qadar ko‘tarildi.
Chet el avtomobillari importining umumiy o‘sishi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bog‘liq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, unda unga nol stavkali boj qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, elektromobillar olib kirishga bojxona to‘lovlari va aksiz solig‘ining nol stavkalari o‘rnatildi.
Avvalroq, o‘zbekistonliklar «inomarka»larga xarajatlarni kamaytirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:48 / 25.12.2024
11 oyda 215 mln dollarlik elektromobil import qilindi
11:10 / 15.12.2024
O‘zbekistonga o‘tgan 10 oyda import qilingan elektromobillar soni ma’lum qilindi
10:23 / 13.12.2024
Import qilishda QQSni o‘zaro hisobga olish tartibini qo‘llash kengaytirildi
09:24 / 12.12.2024