Ravon avtomobillari Rossiya bozoriga qaytdi
“UzAvtoMotors SNG” kompaniyasi UzAuto Motors (avvalgi General Motors Uzbekistan) zavodi ishlab chiqargan Ravon avtomobillari Rossiyaga yana yetkazila boshlanganini ma'lum qildi.
“UzAvtoMotors SNG” Ravon avtomobillarining Rossiyadagi rasmiy distribyutori hisoblanadi.
Ravon Rossiya bozoriga R2 xetchbegi (Chevrolet Spark), Nexia R3 (avvalgi avloddagi Chevrolet Aveo) va R4 (Chevrolet Cobalt) sedanlari bilan qaytmoqda.
Mashinalar sentyabrdan sotila boshlanadi.
GM Uzbekistan zavodi 2018 yil mayidan Rossiyaga Ravon avtomobillari yetkazilishini to‘xtatgan edi. Utilizatsiya yig‘imlari tariflari oshgani tufayli narx siyosatining qayta ko‘rib chiqilishi hamda yangi modellar ishlab chiqarish uchun korxona ishlab chiqarish quvvatlarining katta ko‘lamli modernizatsiyasi o‘tkazilishi bunga sabab sifatida ko‘rsatilgandi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.12.2024
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
11:34 / 26.12.2024
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27 / 26.12.2024
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
10:30 / 26.12.2024