O‘zbekiston va BAA o‘rtasida bayonnoma kuchga kirdi
2019 yilning 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risida hamkorlik haqidagi Bayonnoma kuchga kirdi. Ushbu hujjat 2019 yil 25 mart kuni Abu Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining BAAga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan.
TIV xabariga ko‘ra, hujjat O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari bo‘lgan diplomatik pasport egalariga 90 kungacha viza rasmiylashtirmasdan ikkinchi davlat hududiga kirish, chiqish, tranzit orqali o‘tish va bo‘lish huquqini berishni tartibga soladi.
BAA bilan ikki tomonlama hamkorlik faollashayotganini inobatga olgan holda, Bayonnoma ikki mamlakatning rasmiy vakillari – diplomatik pasport egalarining o‘zaro tashriflari chog‘ida tashkiliy masalalarni tezda hal etishga ko‘maklashadi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
22:42 / 04.01.2025
SpaceX BAAga tegishli sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
09:12 / 04.01.2025
O‘zbekiston va BAA bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasini muhokama qildi
00:00 / 02.01.2025
BAAda dronlar yordamida uyushtirilgan shouda ikkita rekord o‘rnatildi
15:24 / 23.12.2024