Fotoreportaj: 15ta yangi qonun ma'qullangan Senat yalpi majlisi qanday o‘tdi?
Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.
23-24 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan majlisda 26ta masala, jumladan 16ta qonun ko‘rib chiqildi.
Senatorlar dastlabki kuni «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi qonunlarni ma'qulladilar. «Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida»gi qonun esa rad etildi.
Birinchi kunda, shuningdek, Senat a'zolari joriy yilning ikkinchi choragi uchun belgilangan vazifalar yuzasidan hukumat hisobotini tingladilar.
24 avgust kuni esa o‘ndan ortiq qonunlar ma'qullandi:
– ««O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi budjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
– «Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»,
– «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
– «Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
– «Moddiy madaniy meros obektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
– «Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
– «Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
– «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan quyidagi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qator qonunlar ham ma'qullandi:
– Xalqaro Mehnat Tashkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 81-sonli Konvensiyasi (Jyeneva, 1947 yil 11 iyul),
– Xalqaro Mehnat Tashkilotining qishloq xo‘jaligida mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 129-sonli Konvensiyasi (Jyeneva, 1969 yil 25 iyun),
– Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlari to‘g‘risidagi Konvensiya (Kishinev, 2002 yil 7 oktabr),
– Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotini ta'sis etish to‘g‘risidagi Bitim (Parij, 2001 yil 3 aprel).
Senatorlar, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasiga 9 nafar yangi a'zoni saylab, komissiya a'zolaridan 4 nafarining a'zoligini o‘z arizalariga muvofiq to‘xtatish haqida qaror qabul qildi.
Yalpi majlis davomida Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining axborotlari tinglandi. Xorazm viloyati hokimining hisoboti eshitildi.
Senat a'zolari Vazirlar Mahkamasiga ikkita masala yuzasidan parlament so‘rovlarini yuborishga qaror qilishdi.
Birinchi masala – bo‘sh turgan, qurilishi tugallanmagan obektlardan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni ta'minlash borasida qonun hujjatlarini ijro etish holatini o‘rganish natijalariga oid. Hukumatga yuborishga kelishilgan yana bir parlament so‘rovi bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari holati va ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalariga taalluqli.
Oliy Majlis Senati o‘z vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdi. Shu bilan, ikki kun davom etgan majlis o‘z ishini yakunladi.
Kun.uz, o‘z an'anasiga muvofiq, O‘zbekiston qonun chiqaruvchi hokimiyatining oliy organida o‘tgan yalpi majlisdan eksklyuziv suratlarni taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq majlisning dastlabki kunidan ham fotoreportaj e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
14:50 / 18.12.2024
Senat 2025 yilga mo‘ljallangan davlat budjetini ma’qulladi
15:48 / 20.11.2024