«Hali juda erta». G7 yetakchilari Rossiyani qaytarish masalasini muhokama qilishdi
«Katta yettilik» davlatlari Biarrits shahridagi uchrashuv vaqtida Rossiyani guruhga qaytarish masalasini muhokama qilishdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvdan avvalroq «Katta sakkizlik»ni tiklashga qarshi emasligini aytayotgandi, qolgan a'zolar esa Rossiyani qaytarishga tayyormasligi ma'lum bo‘ldi.
«Rossiya qaytishini istaydigan odamlar bor. Menimcha ham bu ko‘pchilikka foydali bo‘ladi. Menimcha ham bu ijobiy qadam. Men bilan hamfikrlar bor va biz buni muhokama qilamiz», degandi Tramp sammitdan oldin jurnalistlar qarshisida.
Frans-Press xabariga ko‘ra, uchrashuvda tashkilotning boshqa a'zolari Rossiyani guruhga qaytarishga hali juda erta ekanini bildirishgan.
Donald Tramp esa rossiyaliklar prezidenti Vladimir Putinni «yettilik»ning 2020 yilda AQShda o‘tadigan sammitiga mehmon sifatida taklif qilmoqchi.
Tramp avvalroq ham Rossiyani «Katta yettilik»ka qaytarishni «maqsadga muvofiq qaror» deb atagandi. «Bu «Sakkizlik» bo‘lishi kerak, chunki Rossiya bilan bog‘liq juda ko‘p masalalar bor», degandi Tramp.
Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk esa amerikaliklar prezidenti bilan hamfikr emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, G7 davlatlarida Rossiyani qaytarishga shoshilmaslik uchun 2014 yildagidan ko‘ra ko‘proq savollar bor.
Putin: hech narsadan bosh tortmaymiz
«Bir yil muqaddam Kanadada prezident Tramp Rossiyani G7 a'zoligiga qaytarishni taklif qilib, Qrim anneksiyasi qisman oqlangani haqida ochiq gapirgandi. Ammo biz bunga qo‘shila olmaymiz. Biz har qanday shart evaziga ham bunday mantiq bilan kelisha olmaymiz», dedi Tusk.
Biarritsdagi diplomatik manbalar ma'lumotiga ko‘ra, G7 yetakchilari Ukraina sharqidagi vaziyatni hal qilish uchun Rossiya bilan hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qarshi emas. Ammo «Katta yettilik»dagilar G8 formatiga qaytish uchun hali juda erta deb hisoblaydilar.
O‘tgan hafta avvalida Germaniya, Fransiya va Britaniya hukumatlari ham Rossiyani qaytarish taklifini qo‘llab-quvvatlamasligi ma'lum bo‘lgandi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hozir Moskvaning guruhga qaytarilishi strategik xato bo‘lishi, faqat Ukraina sharqidagi inqiroz hal qilinsagina «Katta sakkizlik» formatiga qaytilishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala hal qilinishi Rossiyaning guruhga qaytishi shartidir.
Vladimir Putin esa G8 ortiq mavjud emasligi va Rossiya «Yettilik» bilan ishlashga hamisha tayyorligini ma'lum qildi.
Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, AQSh va Yaponiyadan tarkib topgan «Katta yettilik» sammiti 24-26 avgust kunlari mobaynida Fransiyaning Biarritse shahrida o‘tkazilmoqda.
2018 yilning iyunida Kanada mezbonlik qilgan sammit vaqtida ham Tramp Rossiyani «Yettilik»ka qaytarish taklifini bergandi. Ammo o‘shanda ham boshqa davlatlar yetakchilari bu g‘oyaga qarshi chiqishgandi. Faqat Italiyaning o‘sha vaqdagi bosh vaziri Juzeppe Konte Trampning fikriga qo‘shilgandi.
Jahonning yetakchi iqtisodiy derjavalari forumi Rossiya ishtirokida ilk marta 1998 yilda tashkil etilgandi. Ammo 2014 yilning iyunida, Qrimni bosib olgani va Ukraina janubi-sharqida harbiy harakatlar boshlanganidan keyin Rossiya tashkilotdagi a'zoligini to‘xtatgandi. O‘shanda «sakkizlik»ka a'zo davlatlar Rossiyaning harakatlaridan norozi bo‘lgan va Sochiga bormaslikka qaror qilishgan, Bryusselda «yettilik» — G7 (Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Italiya va Kanada) sammiti bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
08:30 / 27.11.2024
G7 RFning yadroviy ritorikasini qoralab chiqdi
10:50 / 26.10.2024
G7 Kiyevga RF aktivlaridan mablag‘ ajratish tartibini hal qildi
11:10 / 25.10.2024