Katta yettilik davlatlari Eron bilan ixtilofga borishga qarshi chiqdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Katta yettilik” davlatlari Fransiyaning Biarrits shahridagi sammitda Eron atrofidagi vaziyat bo‘yicha yagona pozitsiyani bildirishdi.
Makronning aytishicha, hattoki AQSh prezidenti Donald Tramp ham Tehron bilan ixtilofga borishdan qochishni istashini aniq aytgan.
“Bunday yakdillik muhimdir, chunki pirovard natijada har bir davlatning pozitsiyasini zaiflashtiruvchi ziddiyatlardan qochishga imkon beradi”, deb aytgan Fransiya prezidenti LCI telekanaliga.
Bu orada Tramp Makronga G7 nomidan Eron bilan gaplashish huquqi berilishini muhokama qilganini rad etgan.
Avvalroq Makron Trampga Eronga bir qator majburiyatlar evaziga neft sotishga ruxsat berish taklifi bilan murojaat qilgan.
Mavzuga oid
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
20:58 / 24.12.2024
Bloomberg: Rossiyaga Eron qurollarining chorak qismini biznesmen Husayn Shamhaniy yetkazib bermoqda
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024