O‘zbekiston | 11:23 / 27.08.2019
60559
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi o‘quv yili uchun darsliklar to‘plami ijara to‘lovi miqdori belgilandi

Foto: KUN.UZ

Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori respublika bo‘yicha yagonadir, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Vazirlik ma'lumotida aytilishicha, uning narxlari 2019/2020 o‘quv yili uchun quyidagicha belgilangan:

umumta'lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari uchun – bepul;

2-sinflari uchun 12 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 23 200 so‘mni;

3-sinflar uchun 10 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 25 800 so‘mni;

4-sinflar uchun 11 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 18 300 so‘mni;

5-sinflar uchun 13 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 13 000 so‘mni;

6-sinflar uchun 15 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 15 800 so‘mni;

7-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 20 000 so‘mni;

8-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 40 700 so‘mni;

9-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 38 500 so‘mni;

10-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 27 200 so‘mni;

11-sinflar uchun 19 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 34 700 so‘mni tashkil qiladi.

Mavzuga oid