O‘zbekiston | 20:00 / 28.08.2019
157266
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident farmoni bilan uch nafar fuqaroga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 avgustdagi «O‘zbekiston Qahramoni» unvonini berish to‘g‘risidagi Farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Yerniyazov Musa Tajyetdinovich, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani «Nurli obod» fermer xo‘jaligi boshlig‘i Murotova Lola Ne'matovna hamda «Nuroniy» jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi Normuradov Xasan Norbekovich ham «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.

Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, Vatanimiz obodligi, turmushimiz farovonligini ta'minlash borasidagi ulkan xizmatlari, so‘nggi yillarda yurtimizda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi va fidoyiligi, davlat va xalq manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi fidokorona mehnati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-ma'naviy sohalardagi ko‘p yillik samarali va ibratli faoliyati, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali topshirilsin: 

Yerniyazov Musa Tajyetdinovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi

Murotova Lola Ne'matovna - Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani «Nurli obod» fermer xo‘jaligi boshlig‘i

Normuradov Xasan Norbekovich - «Nuroniy» jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi

Mavzuga oid