Jamiyat | 16:14 / 29.08.2019
15613
2 daqiqa o‘qiladi

Baxmallik harbiylar tomonidan cho‘ponning uyi ta'mirlab berildi (foto+video)

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Joriy yilning 28 avgust kuni Mustaqillik ayyomi munosabati bilan Jizzax garnizoni Baxmal tumanidagi harbiy qism xizmatchilari tomonidan 2-guruh nogironi Ahad Ahmedovni uyidagi ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar bermoqda.

Birinchi xonadon bekasi Shafoat Mutalova turmush o‘rtog‘i 2-guruh nogironligi sababli uyini ta'mirlab berilishini so‘rab bir necha marotaba hokimlikka murojaat qilgan va amaliy natija bo‘lmagan.

Ayyom munosabati bilan mazkur xonadonda harbiylar mehmon bo‘lishdi va u yerni ta'mirlash ishlarini boshlab yuborishdi. Uyning tomi yopilishi uchun material keltirildi. Nosoz elektr simlari yangisiga almashtirildi. Deraza o‘rnatilib, xonadon ichki qismida montaj ishlari yakuniga yetkazildi.

Shuningdek, Bekkeldi qishlog‘i, “Baxmal” mahallasida istiqomat qilayotgan boquvchini yo‘qotgan Mavluda Musurova va uning qizi, 2-guruh nogironi Iroda To‘lqinova oilasiga mikroto‘lqinli pech va oshxona anjomlari sovg‘a qilindi.

Mavzuga oid