O‘zbekiston | 23:26 / 29.08.2019
113781
2 daqiqa o‘qiladi

Qahramon Quronboyev Yoshlar Ittifoqi raisligidan ketdi

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma'lum qildi. Bugun, 29 avgust kuni tashkilotda yig‘ilish o‘tkazilgan va unda Quronboyev ishdan ketgani e'lon qilingan.

Qahramon Quronboyev 2017 yil 30 iyunda tashkil etilgan Yoshlar Ittifoqi faoliyat boshlaganidan buyon harakatga rahbarlik qilib keladi. Yoshlar Ittifoqi sobiq «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati negizida tashkil etilgandi.

Qahramon Quronboyev 2018 yil 5 iyun kuni vodiyda kelin-kuyovning to‘y kortejini to‘xtatib, ularni taksiga o‘tirg‘izib yuborganini OAV bilan uchrashuv vaqtida aytganidan so‘ng keskin tanqidlar ostida qolib ketgan va Quronboyevning bu harakatini prezident Shavkat Mirziyeyov ham qoralagandi.

Quronboyevning yangi lavozimi ham aniq. U davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha prezident  maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid