O‘zbekiston | 00:28 / 30.08.2019
53929
1 daqiqa o‘qiladi
Prezident maslahatchisi Umar Ismailov vazifasidan ozod etildi
Umar Sapayevich Ismailov davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi lavozimiga shu vaqtgacha Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘lib ishlab kelgan Sherzod Qudbiyev tayinlangani e'lon qilingandi.