Jahon | 21:18 / 31.08.2019
10147
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask va Jyek Ma global demografik inqirozdan cho‘chimoqda

Foto: Globallookpress.com

Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask va Alibaba asoschisi Jyek Ma kelgusida insoniyatning asosiy muammosi «demografik inqiroz» bo‘lishini taxmin qildi. Ular bu haqda Shanxaydagi sun'iy ong bo‘yicha butunjahon konferensiyasida aytishdi, deb xabar berdi CNBC.

«Aksariyat odamlar sayyoramizda odam soni ko‘payib ketdi deb o‘ylaydi, ammo men buni eskirgan fikr deb hisoblayman. Insoniyat yaqin 20 yil ichida duch keladigan eng katta muammo bu - demografik inqiroz bo‘ladi. Ta'kidlab o‘taman, portlash emas, inqiroz», — dedi Mask.

O‘z navbatida Jyek Ma Maskning fikriga to‘liq qo‘shilishini bildirdi.  

«Aholi muammosi katta boshog‘riq bo‘ladi. Ehtimol Xitoydagi 1,4 milliard kishi katta raqamdek ko‘rinar, ammo keyingi 20 yil ichida Xitoyda bu borada juda katta muammolar boshlanadi», — dedi u.

Iyun oyida BMT Yer sayyorasi aholisi to‘g‘risidagi hisobotini ma'lum qildi. Unga ko‘ra, XXI asr o‘rtalariga kelib, sayyora aholisi soni 9,7 milliard kishiga yetadi. Asr oxirlarida 11 milliardga yaqin aholi istiqomat qiladi. Xitoy 2027 yilga kelib, aholi soni bo‘yicha Hindistondan ortda qoladi.

Mavzuga oid