Jahon | 15:56 / 04.09.2019
7182
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Ummon ko‘rfazida yettita baliqchilik kemasini ushlaganini ma'lum qildi

Foto: SIPA

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Ummon ko‘rfazida yettita baliqchilik kemasini ushlaganini ma'lum qildi. Bu haqda Fars agentligi xabar berdi.

"Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi harbiy dengiz kuchlari kemalari ruxsat etilgan masofaga rioya qilmaganligi sababli 24 nafar ekipaj a'zolari xorijliklardan iborat bo‘lgan yettita baliqchilik kemasini ushladi", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, kemalar Jask porti hududida ushlangan.

Iyul oyida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Fors ko‘rfazida xorijiy tankerni qo‘lga olgandi.

Mavzuga oid