Jamiyat | 14:40 / 05.09.2019
7743
1 daqiqa o‘qiladi

Temir yo‘l bekati yonida rafiqasiga jarohat yetkazgan shaxs ushlandi

2019 yil 26 avgust kuni Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida yashovchi 27 yoshli F.J. Vodiy ko‘chasida joylashgan “Rapqon” temir yo‘l bekati yonida oilaviy janjal oqibatida 28 yoshli rafiqasi R.A.ning qorin va yuz qismiga urib-tepib, jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada R.A. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, F.J. ushlangan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid