Jahon | 00:08 / 05.09.2019
24122
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp ikkiyuzlamachilikda ayblandi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShga katta talafot yetkazishi mumkin bo‘lgan “Dorian” dovuli eng xavfli toifaga yetayotgan bir vaqtda o‘ziga qarashli golf maydonlaridan birida bamaylixotir golf o‘ynagan. Trampning bu harakati borasida CNN telekanali mulohaza yuritdi.

Trampning bu harakatlari ikkiyuzlamachilik sifatida tanqid qilingan. 2014 yil oktyabrda Trampning o‘zi undan avvalgi prezident Barak Obamani butun AQShdan Nyu-Yorkka Ebola bezgagi tarqalishini muhokama qilgani mutaxassislar uchib kelgan vaqtda golf o‘ynagani uchun tanqid qilgandi. 

Tramp dovul yaqinlashayotgani sababli Polshaga Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan bog‘liq xotira tadbirlarida ishtirok etishi kerak bo‘lgan safarini bekor qilgandi. U dam olish kunlari tvitterda tabiiy ofat haqida 130 ga yaqin post qoldirib, so‘ngra golf o‘ynagani yo‘l olgan.

AQSh prezidenti uning bu qilmishini tanqid qilgan London meri Sodiq Xonga javoban “uning golf bilan shug‘ullanishi ushbu sport turi bilan o‘z maydonlarida shug‘ullangani sababli soliq to‘lovchilarga arzonroq tushishini” aytgan. Ta'kidlanishicha, bu holat uning masalaning mohiyatini anglamasligidan darak beradi. Gap esa o‘n minglab amerikaliklar tabiiy ofat kelishiga tayyorlanayotgan bir paytda golf o‘ynash o‘rinsiz ekani haqida ketmoqda, deyilgan CNN’da.

Mavzuga oid