Light | 10:55 / 08.09.2019
90287
2 daqiqa o‘qiladi

Miya uchun eng foydali va zararli mahsulotlar ma'lum qilindi 

Inson uchun iste'mol qiladigan oziq-ovqati butun organizmi, shu jumladan miya faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi. Ba'zi mahsulotlarning iste'moli miya faoliyatini yaxshilashi, ba'zilari esa unga ziyon yetkazishi mumkin. Bu haqda “Medikforum” nashri yozdi. 

Mutaxassislar bunday mahsulotlarni 3 toifaga ajratishgan: miya faoliyatini yaxshilash uchun ratsionga qo‘shish shart bo‘lgan, iste'moli foydadan xoli bo‘lmaydigan va iste'mol qilish kerak bo‘lmagan mahsulotlar. 

1-guruhga, ya'ni iste'mol qilinishi shart bo‘lgan mahsulotlarga rezavorlar, yong‘oqlar, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari, zaytun moyi va barra sabzavotlar, ayniqsa ko‘katlar tegishli hisoblanadi. 

Foto: Fotolia

Bu mahsulotlarni imkoni boricha ko‘proq iste'mol qilish zarur, chunki ularda saqlanuvchi katta miqdordagi vitaminlar va mikroelementlar hisobiga miyaga ta'sir ijobiy bo‘ladi.

Shuningdek, ratsionga mevalar, yog‘i kam sut mahsulotlari, parranda go‘shti va boshoqli mahsulotlarni kiritishga e'tibor qaratish lozim. Ularni har kuni iste'mol qilish shart emas, biroq ular ham miya faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Mutaxassislar nafaqat miya, balki butun organizm uchun zararli mahsulotlar sirasiga qovurilgan taomlar, qizil go‘sht, yog‘li sut mahsulotlari, yarimtayyor mahsulotlar va tuzni kiritishgan. 

Mavzuga oid