Sport | 16:50 / 15.09.2019
8535
1 daqiqa o‘qiladi

Mirazizbek Mirzaxalilov jahon chempionatidagi ilk jangida g‘alaba qozondi

Bugun, 15 sentabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida havaskor bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi janglari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston boks terma jamoasining -57 kg vazn toifasidagi vakili Mirazizbek Mirzaxalilov bugun, ikkinchi bosqichdan turnirga qo‘shildi.

Braziliyalik Duglas de Andradega qarshi ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik sportchi uch raund natijalariga ko‘ra 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bugun yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi. -81 kg vaznda Dilshodbek Ro‘zmetov kongolik Pita Kabeji Peterga qarshi, ( jang B ring, taxminan 20:10lardan so‘ng boshlanadi) -91 kg vaznda Sanjar Tursunov braziliyalik Abner Teysheyra (B ring, taxminiy boshlanish vaqti – 22:00) bilan jang olib boradi.

Mavzuga oid