Sport | 18:55 / 17.09.2019
17588
2 daqiqa o‘qiladi

Sanjar Tursunov hindistonlik bokschiga yutqazdi

Bugun, 17 sentabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston boks terma jamoasining -91 kg vazn toifasidagi vakili Sanjar Tursunov mazkur jahon chempionatidagi ikkinchi jangini hindistonlik Sanjit Sanjitga qarshi o‘tkazdi va 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa, jahon chempionatida hozircha O‘zbekiston jamoasining uch nafar vakili - Elnur Abduraimov (-63 kg), Fanat Qahramonov (-75 kg) va Sanjar Tursunov (-91 kg) o‘z ishtirokini yakunlashdi.

Bugun kechki dasturda O‘zbekiston terma jamoasining yana 4 nafar vakili chorak final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Muhammad Hamout (Marokash)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Delante Jonson (AQSh)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Andre Paul Aradoay (Ruminiya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Tsotne Rogava (Ukraina).

Janglarni tomosha qilish uchun link:

Ring B: Mirazizbek Mirzaxalilov - Muhammad Hamut, 19:25 dan so‘ng, Bobousmon Baturov - Delante Jonson, 19:55dan so‘ng,  Dilshodbek Ro‘zmetov - Andrei Aradoay, 21:20 dan so‘ng, Bahodir Jalolov - Tsonte Rogava, 22:30dan so‘ng.

Mavzuga oid