Iqtisodiyot | 09:57 / 20.09.2019
21343
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ishlatilgan mahsulotlar importini taqiqlab qo‘yishi mumkin

Foto: Thinktanks.by

Vazirlar Mahkamasining «Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va iste'mol mahsulotlari muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni takomillashtirish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Hujjat «O‘zstandart» standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Hujjat loyihasini ishlab chiquvchilar respublikaga quyidagilar olib kirilishini taqiqlashni rejalashtirmoqda:

ishlatilgan yoki tiklangan avtomobil, qishloq xo‘jaligi shinalari;

avtomobillar, to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari, maishiy texnika uchun ishlatilgan ehtiyot qismlari.

Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, toksinlik darajasi «Yevro-5» ekologik toifadan past bo‘lgan benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan «M» va «N» toifadagi transport vositalarini chiqarish taqiqlanishi mumkin.

Yuqoridagi davrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining milliy muvofiqlik belgisi bilan markirovkalanmagan, majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlarni sotish taqiqlanishi mo‘ljallanmoqda.

Mavzuga oid