Sport | 20:00 / 21.09.2019
14118
2 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» Bekobodda g‘alaba qozondi va muddatidan oldin Superliga chempioni bo‘ldi

Superligada 20-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Paxtakor» Bekobodda «Metallurg» bilan o‘ynadi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Toshkentliklarning har ikkala goliga Doston Hamdamov mualliflik qildi. Mezbonlar tarkibida Zohid Abdullayev bitta javob goli urishga erishdi.

Bu natijadan so‘ng, «Paxtakor» 56 ochko jamg‘ardi va musobaqa yakunlanishiga 6 tur qolganida chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Lokomotiv» hisobida 37 ochko bor. «Metallurg» esa 24 ochko to‘plagan holda 8-o‘rinda bormoqda.

Bu «Paxtakor»ning O‘zbekiston chempionatlaridagi 12-yutug‘i bo‘ldi (1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019).

Superliga, 20-tur
21 sentabr, Bekobod, «Metallurg» markaziy stadioni
MeTALLURG – PAXTAKOR 1:2

Gollar: Zohid Abdullayev (77) – Doston Hamdamov (26, 78)
Hakamlar:  Ravshan Abdivohidov, Farhod Usmonov, Zufar Eliboyev, Olim To‘ychiboyev. Nazoratchi: Bobur Haydarov. Komissar: Shoxrux Said.
«Metallurg»: 12. Aleksandr Lobanov, 5. Abbosjon Otaxonov, 10. Islombek Isoqjonov, 11. Baxrom Abduraximov, 17. Muzaffarjon Muzaffarov, 19. Doniyor Usmonov, 21. Kamoliddin Tojiyev, 28. Stanislav Andreyev, 30. Andrey Shipilov, 55. Akbarjon Ismatullayev,  85. Baxodir Pardayev.
«Paxtakor»: 35. Sanjar Quvvatov, 2. Bobirjon Asqarov, 3. Xojiakbar Alijonov, 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan Cheran, 15. Yegor Krimets, 17. Dostonbek Xamdamov, 21. Marat Bikmayev, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 29. Vladimir Kozak, 34. Farrux Sayfiyev.

Mavzuga oid