Birinchi nemis fazogiri Zigmund Yyen hayotdan ko‘z yumdi
Germaniyada 82 yoshda birinchi nemis fazogiri Zigmund Yyen hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar berdi.
Zigmund Yyen 1978 yil 26 avgustda fazoga parvoz qilgan birinchi nemis bo‘lgan. U “Interkosmos” dasturi bo‘yicha sobiq ittifoq fazogiri Valeriy Bikovskiy bilan birga “Soyuz-31” kemasida “Salyut-6” orbital stansiyasiga parvoz qilgan. Fazogir Yerga qaytgach, sobiq ittifoq va Germaniya Demokratik Respublikasi qahramoni unvonini olgan. Germaniya birlashgach esa Germaniya aerokosmik markazi va Yevropa koinot agentligi bilan hamkorlik qilgan. Yyen 2002 yilda pensiyaga chiqqan. Berlin yaqinidagi Shtrausberg aholi punktida yashagan.
Koinotga uchgan ikkinchi nemis fazogiri 1983 yilda G‘arbiy Germaniyadan Ulf Merbold bo‘lgan.
“Interkosmos” dasturi mavjud bo‘lgan vaqtda sobiq ittifoq bilan do‘st tutingan bir qator davlatlar: Chexoslovakiya, Polsha, Bolgariya, Vengriya, Vetnam, Kuba, Mo‘g‘uliston, Ruminiya, Suriya va Afg‘oniston vakillari koinotga uchishga muvaffaq bo‘lishgan.
Mavzuga oid
10:30 / 24.12.2024
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024
Germaniyada mashina rojdestvo bozoridagi kishilar ustiga haydaldi
22:59 / 19.12.2024