Jahon | 20:04 / 24.09.2019
4760
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniya hukumati Daimler kompaniyasiga 870 mln yevro jarima soldi
Germaniyaning Shtutgart shahri prokuraturasi transport vositalari sertifikatsiyasi nazorati sohasida qoida buzgani uchun Daimler AG avtomobilsozlik konserniga 870 mln yevro jarima soldi.
Prokuratura bayonotida aytilishicha, ishlab chiqarilgan qator Daimler-Benz avtomobillarida qator talablar buzilganligi aniqlangan. Kompaniya avvalroq Germaniyada sotilgan 280 mingta avtomobilini zavodga qaytarib olishiga to‘g‘ri kelgandi.
Daimler kompaniyasining bayonot berishicha, mazkur jarima uning uchinchi chorakdagi moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta'sir qilmaydi.
Mavzuga oid
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
10:30 / 24.12.2024
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024