«Navoiy» EIZ ishtirokchilarini tanlab olish tartibi ma'lum bo‘ldi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilarini tanlab olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
“Navoiy” EIZda amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal etish Direksiyaga va Ma'muriy kengashning ishchi organiga yuklanadi.
“Navoiy” EIZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirishda quyidagilar majburiy mezonlar hisoblanadi:
birinchi navbatda, viloyatning mavjud mineral xomashyo bazasidan foydalangan holda import o‘rnini bosadigan, innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportbop, raqobatbardosh yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
ishlab chiqarish faoliyatining ikkinchi yili kamida 20 foiz, uchinchi va keyingi yillarda 30 foizdan kam bo‘lmagan darajada eksport qilish;
yangi ish o‘rinlari tashkil qilish;
tashkil etiladigan tashkilotning shtatdagi xodimlarini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 95 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan to‘ldirish ularga tajriba orttirishdan va malaka oshirishdan o‘tish imkoniyatini berish.
Investor Direksiyaga “Navoiy” EIZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish uchun to‘ldirilgan investitsiya buyurtmanomasini taqdim etadi.
Investitsiya buyurtmanomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
yuridik shaxsning (investorning) ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma'lumot yoki ushbu investorning faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
tavsiya etilayotgan loyihaning biznes-rejasi yoki texnik iqtisodiy asosnomasi (TIA).
Barcha hujjatlar investor tomonidan Direksiyaga o‘zbek, rus yoki ingliz tillarining birida taqdim etiladi.
Investor taqdim etilayotgan ma'lumotlarning haqqoniyligi yuzasidan javob beradi.
Direksiyaga taqdim etilayotgan biznes-reja yoki TIAda quyidagi asosiy holatlar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotga amalda yoki kelajakda (loyihada belgilangan davr mobaynida) ehtiyoj mavjudligini asoslantirilganligi;
xodimlarni ishga qabul qilish manbasi (mahalliy — kollej bitiruvchilari, mehnat birjasi tomonidan yo‘naltirilgan shaxslar, boshqa tashkilotlar ishchilari va chet eldan mutaxassis jalb etish) ko‘rsatilgan, tashkil etilayotgan ish o‘rinlari;
ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, hajmlari va o‘ziga xosligi;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mo‘ljallanayotgan narxlari va sotish bozorlari, mahsulotni ichki va tashqi bozorga yetkazish hajmlarini ko‘rsatgan holda;
ishlab chiqariladigan mahsulot respublika hududidagi mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida import o‘rnini bosishga yo‘naltirilganligi;
Innovatsionligi yoki yuqori texnologiyalarga asoslanganligi:
loyiha dolzarbligi — zamonaviy muammolar va masalalarga yechim topa olishi;
loyihada yangi, sayqallashtirilgan, oldin respublikada qo‘llanilmagan texnologiyalar va (yoki) tashkiliy prinsiplardan foydalanilgan bo‘lishi;
loyihaning salohiyatli raqobat ustunligi — iste'molchi uchun mahsulot/texnologiyaning uning amaldagi analogiga nisbatan ustunligi mavjudligi;
ichki va tashqi bozorda mahsulotga talabning mavjudligi;
intellektual mulk obektiga himoyalovchi hujjatning (patent) mavjudligi;
eksportga yo‘naltirilganligi - ishlab chiqariladigan tovarga tashqi bozorlarda, marketing tadqiqotlar yoki potensial xaridorlar bilan tuzilgan shartnoma (dastlabki kelishuv)larga ko‘ra ehtiyoj mavjudligi;
import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarish ekanligi - o‘xshash mahsulotlar import qilinishi (yangi turdagi mahsulotning ishlab chiqishi bundan mustasno), ishlab chiqariladigan tovarga ichki bozorda, marketing tadqiqotlar yoki potensial xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar (dastlabki kelishuv)larga asoslangan ehtiyoj mavjudligi;
alohida mahalliy va import qilinadigan xom-ashyo va butlovchi qismlari ko‘rsatilgan holda xom-ashyo bazasining mavjudligi hamda loyihani amalga oshirish davrida xom-ashyo va materiallar bilan ta'minlashning kafolatlangan imkoniyati;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi va dastlabki 4 ta belgilardan biri darajasida boshlang‘ich xom-ashyoga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi (TIF TN kodi — 2017 yil tahriri) bo‘yicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining o‘zgarishi;
ishlab chiqarishda foydalanilishi mo‘ljallanayotgan texnologik asbob-uskunalarning investitsiya loyihasining mo‘ljallanayotgan ko‘rsatgichlariga va zamonaviy texnologik talablarga muvofiqligi;
investorning o‘xshash yoki boshqa loyihalarni amalga oshirish tajribasi yoki menejment tarkibi (jalb qilinadigan mutaxassislar bilan birga) mavjudligi;
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni hamda tayyor mahsulotni tashish va logistikasi;
investitsiya loyihasi amalga oshirilishining iqtisodiy samaradorligi va ekologik xavfsizligi;
kiritilayotgan investitsiyalar hajmi, tovar aylanmasi va eksport summasi, yaratilayotgan doimiy ish o‘rinlari soni, ishlab chiqarishning valutada qoplanishi va boshqalar hisobga olingan holda imtiyozlar qo‘llanilishini nazarda tutish;
ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish uchun “Navoiy” EIZ hududidagi uchastkaning mo‘ljallanayotgan o‘lchamlari;
asosiy ishlab chiqarish sexi, uskuna va texnologik liniyalar, ma'muriy-maishiy, ombor va boshqa yordamchi binolarning joylashishi ko‘rsatilgan ishlab chiqarishni joylashtirishning dastlabki chizmasi.
Direksiya taqdim etilgan hujjatlarni talablarga muvofiqligini 5 kalendar kuni mobaynida ko‘rib chiqadi.
Talablar buzilgan holda taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomasi, kamchiliklari ko‘rsatilgan asoslangan holda investorga qaytariladi.
Mavzuga oid
14:48 / 18.12.2024
Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:10 / 11.12.2024
Navoiyda elektromontyor 12 kishining nomiga kredit olib, onlayn qimorga yutqazib qo‘ydi
16:26 / 07.12.2024