Sport | 17:30 / 29.09.2019
4344
1 daqiqa o‘qiladi

Formula-1: Xemilton Rossiya bosqichida g‘olib bo‘ldi

“Mersedes” jamoasining a'zosi Lyuis Xemilton “Formula-1” avtopoygasining 16-bosqichi – Sochida o‘tgan Rossiya gran-prisida g‘olib bo‘ldi. 

2-o‘rinni uning jamoadoshi Valtteri Bottas, 3-o‘rinni “Ferrari” vakili Sharl Lekler egalladi.

Xemilton 6-marta o‘tkazilgan Rossiya gran-prisida 4-marta g‘alaba qozondi. Avval u bu trassada 2014, 2015 va 2018 yillarda zafar quchgan.

Umumiy hisobda Xemilton 322 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rinni Bottas (249 ochko) va 3-o‘rinni Lekler (215 ochko) egallamoqda. 

Poyganing keyingi bosqichi 11-13 oktyabrda Yaponiyadagi Suzuka trassasida bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid