Jahon | 18:02 / 01.10.2019
16638
1 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidentining ukasi besh yilga qamaldi

Husayn Fereydun / Foto: AP Photo/Vahid Salemi

Eron sudi mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ukasi Husayn Fereydunni korrupsiya uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Eron oliy sudi rasmiy vakili G‘ulom Husayn Ismoiliy ma'lum qildi.

"Husayn Fereydun besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi", - deya undan iqtibos keltirdi Fars agentligi.

Fereydun 2017 yil iyulda hibsga olingandi. Tergov unga nisbatan e'lon qilingan ayblovlarning barcha tafsilotlarini ma'lum qilmayapti. Fereydun hibsga olingan vaqtda Eron prezidentining maslahatchisi lavozimida edi.

Mavzuga oid