Jamiyat | 23:26 / 07.10.2019
8599
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda haydovchi gaz quvuriga borib urilishi oqibatida yong‘in chiqdi

6 oktyabrda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz quvuri shikastlanishiga olib kelgan avtofalokat yuz berdi. Tumanning Qorasuv dahasida “VAZ-2106” mashinasini boshqarayotgan 25 yoshli Xusniddin X. tungi soat 1:30 atrofida Chaxbud ko‘chasidagi gaz quvurini ushlab turgan ustunga borib urilgan. 

Haydovchiga shikast yetmagan, biroq quvurning shikastlanishi gaz sizib chiqishiga va uning yonishiga olib kelgan. Yong‘in haqida “101” telefon raqamiga soat 1:41da ma'lum qilingan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 8 daqiqadan keyin yetib kelishgan. Yong‘in soat 2:30 da to‘liq bartaraf etilgan. 

Taxmin qilinishicha, falokatga avtomobil tormoz tizimi nosozligi sabab bo‘lgan. Haydovchiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 134-moddasi (Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi) bo‘yicha ma'muriy qoidabuzarlik haqidagi bayonnoma tuzilgan. 

Mavzuga oid