Jahon | 20:00 / 08.10.2019
16130
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda bir tonnalik qovoq yetishtirildi

AQShda og‘irligi kichik avtomobil og‘irligidek keladigan qovoq yetishtirildi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.   

Konnektikut shtatidagi Topsfield Fair festivalida g‘ayrioddiy katta qovoq taqdim qilindi. Uni mahalliy fuqaro Aleks Noel yetishtirgan.

Qovoqning og‘irligi 1040,7 kgni tashkil qilib, Noel u bilan mahalliy rekordni o‘rnatgan va tanlov g‘olibi sifatida 8,5 ming dollarlik mukofotni qo‘lga kiritgan.

Biroq ushbu qovoq mutlaq rekordchi hisoblanmaydi. Ginnes rekordlar kitobiga eng katta qovoq sifatida Belgiyada yetishtirilgan 1190,4 kglik qovoq kiritilgan.

Mavzuga oid