O‘zbekiston | 13:24 / 15.10.2019
23928
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Bokuda Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi

15 oktabr kuni Boku shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

«Davlat rahbarlari bir-birini samimiy qutlab, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Turkiya Prezidenti O‘zbekiston rahbarini mamlakatimizning Turkiy tilliy davlatlar hamkorlik kengashiga qo‘shilgani bilan samimiy tabriklab, bu qaror ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

Muzokaralarda konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, iqtisodiyot, savdo, investitsiyalar, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta'kidlandi.

O‘zbekiston va Tursiya Prezidentlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid