Erdo‘g‘an AQShdan suriyalik kurdlar qo‘mondonining topshirilishini talab qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh Anqaraga “Suriya demokratik kuchlari” kurd-arab alyansi qo‘mondoni Mazlum Kobani Abdini topshirishi kerakligini aytdi.
Erdo‘g‘an Germaniya, Fransiya va AQShning Abdi bilan uchrashgan yetakchilari va siyosatchilarini tanqid qilgan.
“Mazlum deb nomlanuvchi terrorchi Interpolning “qizil ogohlantirishi” bo‘yicha qidirilmoqda. AQSh uni bizga topshirishi kerak. Men adliya vaziriga terrorchi Mazlumning AQShdan topshirilishi bo‘yicha so‘rovni tayyorlashga ko‘rsatma berdim”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Turkiya OAVning ma'lum qilishicha, Anqara Abdini 2008 yilda Turkiya janubida 17 askar halok bo‘lishiga olib kelgan hujum uchun javobgar deb hisoblaydi.
Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp Abdi bilan xat yozishib turishidan va uning xatini Erdo‘g‘anga “ahmoqlik qilmaslik” haqidagi xati bilan birga jo‘natganidan achchiq bildirgan.
Bundan tashqari, Erdo‘g‘an Anqara Suriyaning Manbij shahrida kuzatuv va nazorat funksiyalarini amalga oshirishini ma'lum qilgan.
Turkiya prezidenti, shuningdek, AQShga Tramp taklifiga ko‘ra 13 noyabrda tashrif buyurmoqchiligini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024