Chernobilga sayyohlar kelishi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi
Sayyohlar tashrifi o‘sishi bahorda boshlangan va bunga HBO kompaniyasining "Chernobil" mini-seriali, "elektron chipta" tizimining joriy etilishi, qo‘shimcha infratuzilmaning yaratilishi va yangi yo‘nalishlarning ochilishi sabab bo‘lgan.
Chernobildagi yopiq hududga joriy yilning 10 oyi davomida 107,6 ming kishi keldi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 74,9 foizga ko‘pdir.
Ukraina yopiq hududni boshqarish bo‘yicha davlat agentligining xabariga ko‘ra, bu yangi rekord hisoblanadi.
Tashrif buyuruvchilarning aksariyati xorijdan – ular qariyb 80 foizni tashkil etadi.
Rekordchi davlatlar - Buyuk Britaniya (15738 kishi), Polsha (9378 kishi), Germaniya (7826 kishi), AQSh (5580 kishi), Chexiya (4063 kishi).
Agentlikning qayd etishicha, sayyohlar tashrifi o‘sishi bahorda boshlangan va bunga HBO kompaniyasining "Chernobil" mini-seriali, "elektron chipta" tizimining joriy etilishi, qo‘shimcha infratuzilmaning yaratilishi va yangi yo‘nalishlarning ochilishi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:46 / 30.11.2024
Mislsiz radiatsiya va qurbonlar: Chernobil fojiasi qanday sodir bo‘lgandi?
14:41 / 26.04.2023
Zelenskiy Chernobil avariyasi 37 yilligi munosabati bilan AES bo‘yicha shantajga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi
15:54 / 09.01.2023
Sayyohlar mehmonxona va turizm obektlaridagi xizmat ko‘rsatish sifatini baholashlari mumkin
11:26 / 23.01.2022