Sport | 16:22 / 02.11.2019
7403
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Afrika regbi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Foto: AFP/Getty Images

Yaponiyada regbi bo‘yicha to‘qqizinchi jahon chempionati yakunlandi.

Finalda Angliya va Janubiy Afrika Respublikasi regbichilari to‘qnash kelishdi. 

Jiddiy kurashlarga boy tarzda o‘tgan bahsda afrikaliklar 32:12 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ular tarkibida Mapimpi va Kolbi bittadan muvaffaqiyatli «urinish»ni amalga oshirdi. Qolgan ochkolar jarima zarbalaridan keyin qo‘lga kiritildi.

Natijada Janubiy Afrika milliy jamoasi o‘z tarixida uchinchi marta jahon chempioni bo‘ldi (1995, 2007, 2019).

Uchinchi o‘rin uchun bahsda Yangi Zelandiya 40:17 hisobida Uelsni yengdi.

Ma'lumot o‘rnida, regbi bo‘yicha jahon chempionati har 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. Musobaqada Yangi Zelandiya (1987, 2011, 2015), Avstraliya (1991, 1999) va Angliya (2003) ham g‘alaba qozongan. Keyingi jahon chempionatiga 2023 yili Fransiya mezbonlik qiladi.

Regbi bo‘yicha jahon chempionati
Yaponiya – 2019
1 noyabr
3-o‘rin uchun bahs
Yangi Zelandiya – Uels 40:17 

2 noyabr
Final 
Angliya – Janubiy Afrika 12:32

Mavzuga oid