Jahon | 21:23 / 06.11.2019
7056
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa banklari Visa va Mastercard’dan voz kechishni rejalashtirmoqda - OAV

Fransiya bank tizimi vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu tizimni yaratish tashabbusi Yevropa markaziy bankidan chiqqan.

Yevropadagi kamida yigirmata bank Amerikaning Visa va MasterSard tizimlari o‘rnini bosuvchi umumqit'a to‘lov tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayaniyu Frans-Press agentligi xabar berdi.

Tashabbus loyihasi PEPSI – Pan-European Payment System Initiative ("Panevropa to‘lov tizimi loyihasi") deb nomlanadi.

Fransiya bank tizimi vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu tizimni yaratish tashabbusi Yevropa markaziy bankidan chiqqan. Manbaning ta'kidlashicha, Yevropa markaziy banki "to‘lovlarning mustaqilligi" bilan bog‘liq vaziyatdan tashvishda va buni "texnik emas", siyosiy muammo deb hisoblamoqda.

Agentlikning qayd etishicha, Yevropadagi hech bir yirik moliya instituti ushbu loyihada ishtirok etayotganini tasdiqlamagan. Manbalarning bildirishicha esa, loyihaga Fransiyadagi aksariyat banklar hamda Germaniyadagi Deutsche Bank jalb etilgan.

Mavzuga oid