Evo Morales Boliviyani tark etdi. Meksika unga siyosiy boshpana berdi
Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard Meksika Boliviyaning iste'foga chiqqan prezidenti Evo Moralesning iltimosiga javoban unga siyosiy boshpana berganini ma'lum qildi va xalqaro hamjamiyatni Moralesning xavfsizligini kafolatlashga chaqirdi.
Vazir avvalroq Meksika Moralesga Boliviyadagi elchixonasida boshpana berishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Morales boshpana taqdim etilgandan keyin mamlakatni tark etayotganini ma'lum qilgan.
“Aka-uka, opa-singillar, men boshpana bergan qardosh xalq hukumati sharofati bilan hayotimizni saqlab qolish uchun Meksikaga yo‘l olmoqdaman. Menga siyosiy sabablarga ko‘ra mamlakatni tark etish og‘riqlidir, biroq har doim shay holatda bo‘laman. Yaqinda ko‘proq kuch va g‘ayrat bilan qaytaman!”, deb yozgan Morales tvitterda.
Ta'kidlanishicha, Moralesni olib ketgani Meksika harbiy-havo kuchlari samolyoti yuborilgan. Meksika tashqi ishlar vazirining ma'lum qilishicha, Boliviyaning endilikda sobiq prezidenti samolyotda Meksika tomon yo‘l olgan.
Boliviyada 20 oktyabrda o‘tgan prezident saylovlaridan keyin ommaviy noroziliklar boshlangan. Bunga mamlakat markaziy saylov komissiyasining Moralesni 1-turdayoq g‘olib deb e'lon qilgani, uning asosiy raqibi Karlos Mesa esa ovoz berish natijalarini tan olmagani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:47 / 21.12.2024
Meksikada har bir xodim ish joyida stulga ega bo‘lishini kafolatlovchi qonun qabul qilindi
17:50 / 20.12.2024
Meksikadagi qamoqxonada qurolli isyon yuz berdi
18:51 / 17.12.2024
Boliviya prokuraturasi sobiq prezident Evo Moralesni hibsga olishga order berdi
22:26 / 10.12.2024