Jahon | 10:51 / 12.11.2019
17434
1 daqiqa o‘qiladi
Merkuriyning Quyosh gardishidan o‘tishi videosi e'lon qilindi
NASA Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi videosini e'lon qildi.
Videoda Merkuriy Quyosh fonida kichik qora nuqta bo‘lib ko‘rinadi.
«Merkuriy tranziti» deb ham ataladigan bu hodisa Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanib, 23:45larda yakunlangan. Merkuriyning Quyosh gardishidan o‘tishi deyarli 7 soatni tashkil qilgan.
Ta'kidlanishicha, XXI asrda bunday hodisa umumiy hisobda 14 marta kuzatiladi. Bungacha “Merkuriy tranziti” joriy asrda 2003 yil mayida, 2006 yil noyabrida va 2016 yil mayida kuzatilgan edi.
Keyingi bunday hodisalarni 2032, 2049, 2052, 2062, 2065, 2078, 2085, 2095 va 2098 yillarning may yoki noyabr oylarida kuzatish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:36 / 10.01.2025
BepiColombo zondi Merkuriyning ajoyib tasvirlarini yubordi
14:19 / 04.01.2025
Superoydan shimol yog‘dusigacha. 2025 yilda ko‘z bilan ko‘rishga arzigulik yettita osmon hodisasi
16:37 / 31.12.2024
Yerga kuchli geomagnit bo‘ron yaqinlashmoqda
18:52 / 24.12.2024