Jamiyat | 14:58 / 15.11.2019
5136
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

S&P Global Ratings «Oriyent Finans» bankning uzoq muddatli reytingini oshirdi

2019 yil 14 noyabr kuni «S&P Global Ratings» xalqaro reyting agentligi XATB «Oriyent Finans» bankning yuqori moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishganligini inobatga olib, uning uzoq muddatli reytingini «B-» dan «B» gacha oshirdi hamda bankning qisqa muddatli reytingini «Ijobiy» prognozi bilan «B» bosqichda tasdiqladi. 

XATB «Oriyent Finans» reytinglarining oshirilishi bank faoliyatida erishilgan yuqori moliyaviy ko‘rsatkichlar va kreditlash sur'atlarining o‘sishi natijasida bank kapitalining sezilarli darajada oshganini aks ettiradi.

Qayd etish joizki, 2019 yil yanvar oyida «S&P Global Ratings» xalqaro reyting agentligi tomonidan XATB «Oriyent Finans» kredit reytinglari prognozi «Barqarordan» «Ijobiy»ga qayta ko‘rib chiqilgan edi.

Yakin 12-18 oy davomida bank moliyaviy ko‘rsatkichlari joriy holatda qolishi ta'minlansa, xususan, kapitalni barqaror boshqarish siyosati davom ettirilib, kreditlash jarayonida yo‘qotishlar bo‘lmasa hamda bank biznes faoliyatida o‘sish sur'atlari kuzatilsa XATB «Oriyent Finans» bankka berilgan «Ijobiy» prognozi reytingini yanada ko‘tarish imkoniyati mavjud.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid