Toshkentda har yilgi xalqaro turizm yarmarkasini o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumat tomonidan Toshkentda har yilgi xalqaro turizm yarmarkasini o‘tkazish tartibi belgilandi.
2019 yildan boshlab «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) ko‘magida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan chora-tadbirlar rejasi asosida har yili noyabr oyi uchinchi haftasining chorshanba-juma kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Norma’ning yozishicha, yarmarkada ishtirok etish uchun xorijiy OAV vakillari, xalq ustalari va hunarmandlari, folklor jamoalari, milliy ansambllar, musiqiy ijod va an'anaviy san'at ustalari jalb etiladi. Yarmarka doirasida YuNVTO ekspertlari ishtirokidagi xalqaro konferensiya, «Ipak yo‘li ta'mi» milliy taomlar festivali va «Sharq bozori» ekspozitsiyasi tashkil etiladi.
Poytaxtda 25-yubiley yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Hujjatda yarmarkaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari rejasi, shuningdek tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi. Kelgusida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yarmarka boshlanishidan 2 oy avval rejani ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2020 yildan boshlab yarmarka boshlanishidan kamida 6 oy avval, uni tashkil etish va o‘tkazish uchun ushbu yo‘nalishda ixtisoslashgan tashkilotni saralab olish uchun tanlov o‘tkazadi. Tanlov g‘olibi pullik asosda jalb etiladi.
TIV xorijiy davlatlarning turizm tashkilotlarini, turistik firmalar va OAV vakillarini jalb qilish uchun O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali reklama va axborot kampaniyalarini tashkillashtiradi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyurtmasiga binoan yarmarkaning xorijiy ishtirokchilariga O‘zbekistonning chet eldagi konsullik idoralari (diplomatik vakolatxonalarning konsullik bo‘linmalari) tomonidan, shuningdek, zaruriyat bo‘lganda, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kirish vizalari beriladi. Bunda ulardan konsullik yig‘imlari va vizalarni rasmiylashtirish xarajatlari undirilmaydi.
Xalqaro turistik yarmarkani o‘tkazish doirasida xarajatlar:
• ishtirokchilarining xalqaro aviareyslar, ovqatlanish, yashash va reklama materiallarining ko‘rgazma stendlarini o‘rnatish bilan bog‘liq hamda boshqa qo‘shimcha xarajatlari ishtirokchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan;
• ixtisoslashgan tashkilotni tanlash va uning yarmarkani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlari, shuningdek xorijiy OAV vakillari va YuNVTO ekspertlarining ekskursiya, transport, ovqatlanish va yashash bilan bog‘liq xarajatlari budjetdan tashqari turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan;
• milliy stendlarni qurish uchun ko‘rgazma maydonlarini ijaraga olish, ularni qurish, tashish va saqlash, shuningdek «Sharq bozori» ekspozitsiyasida ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
«O‘zekspomarkaz» MKK yarmarka doirasida imtiyozli shartlarda 1-pavilon ko‘rgazma maydonchasi va unga yondosh hududlarni elektr tarmoqlariga ulagan holda taqdim etadi, «Hunarmandlar shahri» ekspozitsiyasini o‘tkazish uchun Atrium zalini va katta konferensiya zalini ajratib beradi, shuningdek mamlakatda faoliyat olib borayotgan oliy va boshqa o‘quv muassasalari, muzeylar va teatrlarning ko‘rgazma stendlarini qurishni tashkillashtiradi.
Mavzuga oid
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
09:49 / 13.12.2024
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda
09:24 / 12.12.2024